TOVUSHNING FIZIKAVIY XARAKTERISTIKALARI VA TIBBIYOTDA TOVUSHDAN FOYDALANISH.
pdf

How to Cite

N.T.Qodirova., K. (2024). TOVUSHNING FIZIKAVIY XARAKTERISTIKALARI VA TIBBIYOTDA TOVUSHDAN FOYDALANISH. Confrencea, 5, 12–16. Retrieved from https://confrencea.org/index.php/confrenceas/article/view/1351

Abstract

Biz atrofimizdagi asosiy ma'lumotlarni eshitish va ko‘rish
organlari orqali qabul qilamiz. Ikkala holda ham biz ob'ektlar haqida ma'lumotlarni
ular bilan jismoniy kontaktsiz olamiz. Tovush va yorug‘lik turli fizik hodisalar
bo‘lishiga qaramay, ularning har ikkisi ham to‘lqindir. To‘lqinlar tomonidan
tashiladigan energiya bizning sensor mexanizmlarimizni qo‘zg‘atadi.
Tovush vibratsiya bo‘layotgan jism tomonidan chiqariladigan mexanik to‘lqindir.
Masalan, kamerton yoki inson tovush paylari tebranma harakat qilsa, ularning
atrofidagi havo molekulalari harakatlanib, tebranayotgan jism harakatiga monand
ravishda o‘zgaradi. Tebranayotgan molekulalar o‘z navbatida harakatini qo‘shni
molekulalarga uzatadi. Havo tebranishlari quloqqa yetib borganida ular nog‘ora
pardaning vibratsiyasiga sababchi bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida bosh miyasi
tomonidan qabul qilinuvchi nerv impulslarini keltirib chiqaradi.

pdf
Creative Commons License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.

Copyright (c) 2024 K.K.SHadmanov N.T.Qodirova.