Abstract
Surunkali jigar kasalliklarini davolashda farmokoterapiyadan tashqari diyetoterapiya va bemorlarning hayoti davomida haqiqiy ovqatlanish holati muhim ahamiyatga ega. Shu bois patogenetik ta’sirga ega boʻlgan yangi davolash usullarini izlanish dolzarbligicha qolmoqda. Kasallikni toʻla-toʻkis va patogenetik nuqtai nazardan davolashga qaratilgan davolash – profilaktika tadbirlari majmuasida parhyezli davolashni toʻgʻri va maqsadli tarzda oʻtkazish muhim ahamiyat kasb etadi, chunki asoslangan va toʻgʻri belgilangan parhyez ovqatlanish boshqa (dori-darmon, fizioterapevtik) davolash usullarining samaradorligini oshiradi va uni kasallik remissiyasi davrida ham uzoq vaqt mobaynida tavsiya qilish mumkin. Shuningdek kasalliklarni rivojlanishida va klinik kechishida haqqoniy ovqatlanishni oʻrganish ham jigar kasalliklari patogenezini yoritish va klinik kechishini tafovutlashda yordam beradi.
This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.
Copyright (c) 2024 Bobojanov A.O.