Abstract
Birinchi jahon urushi ingliz ijtimoiy hayoti, madaniyati va siyosiy qarashlarda
chuqur inqiroz tabiatini shakllantirdi, va buning oqibatida 1920-yillarning oxiri va
30-yillarning boshlarida butun dunyo boʻylab paydo bo’lgan iqtisodiy inqiroz,
fashizmning koʻtarilishi, yana bir keng koʻlamli urushning yaqinlashishi bilan
yanada kuchaydi. Shuning uchun ham bu yillardagi aksariyat adabiyotning
pessimistik ruhda yaratilganligi ajablanarli emas. Bu davr poetikasida yozuvchilar
hayot ma’nosi, oʻlim qo’rquvi va individuallik kabi ekzistensial mavzularga koʻproq
murojaat qila boshlashdi va vujudga kelayotgan totalitar, kommunistik va xatto
kapitalistik jamiyatning individualizmga solayotga xavf-xatari haqida badiiy asarlar
yaratishdi.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.
Copyright (c) 2025 Shapsanova Feruza Muzaffarovna