Abstract
Ushbu tezisda tijorat banklarining kredit portfeli sifatini oshirishga qaratilgan ilmiy-nazariy va amaliy asoslar tahlil qilinadi. Kredit portfeli sifatini boshqarish banklarning moliyaviy barqarorligini va rentabelligini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega. Tadqiqotda kredit portfeli sifatini baholash metodlari, kredit risklarini boshqarish, portfelni diversifikatsiya qilish va zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash orqali kredit portfeli sifatini oshirishning asosiy yondashuvlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, kredit siyosati va strategiyalarining roli, mijozlar bilan aloqalarni mustahkamlash, hamda banklarning ehtiyotkorlik bilan qarorlar qabul qilishining ahamiyati ta'kidlanadi. Tezis, tijorat banklari uchun kredit portfeli sifatini yaxshilashga qaratilgan amaliy tavsiyalarni taklif qiladi va uning iqtisodiy tizimning barqarorligini ta'minlashdagi rolini ko‘rsatadi.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.
Copyright (c) 2025 Ismatov Davron Rahimdjanovich