Abstract
Ushbu tezis tijorat banklarining samaradorligini baholashning
nazariy va amaliy jihatlarini o‘rganadi. Bank samaradorligini baholashda an'anaviy
moliyaviy ko‘rsatkichlar (rentabellik, likvidlik, kapital samaradorligi) bilan birga,
zamonaviy yondashuvlar, masalan, ijtimoiy va ekologik omillar ham hisobga
olinadi. Tezishda balansli ko‘rsatkichlar tizimi, ESG indikatorlari va ko‘p o‘lchovli
baholash metodlari keng ko‘rib chiqiladi. Samaradorlikni oshirish uchun banklar
xarajatlarni optimallashtirish, texnologiyalarni joriy etish va xodimlarni
rivojlantirish zarurligi ta'kidlanadi. Banklarning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik
barqarorligini ta'minlash orqali ularga raqobatbardoshligini oshirish va jamiyatga
ijobiy ta'sir ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.
Copyright (c) 2025 Ismatov Davron Rahimdjanovich