Abstract
Rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiy tizimining markaziy
elementlaridan biri bu – tijorat banklaridir. Ushbu moliyaviy institutlar nafaqat
moliyaviy resurslarni jamlash va taqsimlashda, balki iqtisodiy o‘sish,
investitsiyalarni rag‘batlantirish hamda aholining moliyaviy xizmatlarga bo‘lgan
ehtiyojini qondirishda muhim rol o‘ynaydi. Shu boisdan, tijorat banklarining
samaradorligini oshirish – davlat miqyosida muhim strategik vazifadir. Biroq, bu
yo‘nalishda rivojlanayotgan mamlakatlarda ko‘plab tizimli, institutsional va
texnologik muammolar mavjud. Ushbu tadqiqotda rivojlanayotgan mamlakatlarda
bank tizimi samaradorligini oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar o‘rganilgan.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.
Copyright (c) 2025 Akbarjonov Aziz Akbarjon o‘g‘li