Abstract
Mazkur maqolada ta’limda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda
ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosidan foydalanishning dolzarbligi tahlil
qilinadi. Jumladan, Sohibqiron Amir Temur, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy,
Beruniy, Forobiy kabi buyuk ajdodlarimizning faoliyati va ularning merosi yoshlar
ongida milliy g‘urur, tarixiy xotira va yuksak ma’naviylikni shakllantirishda muhim
o‘rin tutishi yoritiladi. Shuningdek, maqolada mustaqillik yillarida ushbu merosni
o‘rganish va targ‘ib qilish bo‘yicha davlat darajasida olib borilgan siyosiy, ilmiy va
madaniy ishlar haqida so‘z yuritiladi. Tarixiy asarlar, hukumat qarorlari, mashhur
olimlar fikrlari orqali ajdodlar merosining yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini
shakllantirishdagi o‘rni asoslab beriladi

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.
Copyright (c) 2025 Abdullayeva Maftuna