Abstract
Bu tadqiqot multimedia vositalarining til o‘qitish jarayonidagi rolini yanada
chuqurroq o‘rganish, o‘quvchilarning darslarga qiziqishini va o‘rganishga bo‘lgan
motivatsiyasini oshirish uchun ushbu vositalardan samarali foydalanishning
zarurligini ko‘rsatishni maqsad qilgan. Xususan, boshlang‘ich sinfda til o‘rgatishda
multimedia vositalarining ahamiyati va foydaliligi yuqori baholanadi. Tadqiqotning
maqsad va vazifalari boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun multimedia ta’lim
vositalaridan foydalangan holda darslarni o‘quvchilar va o‘qituvchilar uchun yanada
samarali va foydali qilish uchun eng qulay usul va yondashuvlarni aniqlashdan
iborat. Tadqiqotda multimedia vositalarining o‘quvchilarning o‘rganish jarayoniga
ta’siri, shuningdek, o‘qituvchilarning darslarni tashkil etishdagi samaradorligini
oshirish bo‘yicha optimal yondashuvlar ko‘rib chiqiladi.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.
Copyright (c) 2025 Samiyeva Sayyora Ne’matovna