Abstract
So’nggi yillarda ta’lim sohasida sodir bo’lgan qator ijobiy o’zgarishlar rivojlanishida muammolari bo’lgan bolalar taqdiri masalalarini hal qilishda turli soha vakillari yangi yo’nalishlardagi faoliyatlarining birlashuvi bilan chambarchas bog’liq. Bolaning rivojlanishidagi me’yordan chetga chiqishlarni erta tashxis qilish, muammo oqibatini qayta tiklash, rivojlanishida u yoki bu muammolari bo’lgan ilk va erta yoshdagi bolalarga pedagogik yordam ko’rsatish, ularni umumta’lim muassasalariga uyg’unlashtirish modellarini ishlab chiqish masalalari kun tartibida turgan dolzarb muammolardan biri bo’lib qolmoqda.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.
Copyright (c) 2023 Maxmudova Madinaxon, Akramova Zeboxon