Abstract
Shiddatli tarzda o‘zgarib borayotgan jamiyatimizda ta’lim oldiga pirovard maqsad sifatida, sog‘lom tengdoshlari bilan bir qatorda, alohida yordamga muhtoj o‘quvchilarni zamonaviy bilimlar, hayotga to‘siqlarsiz uyg‘unlashib ketishining omili sanalgan ijtimoiy malakalar bilan qurollantirish, mustaqil ravishda faoliyat ko‘rsata olishga erishish belgilanmoqda. Shu maqsadda maxsus ta’lim tizimining sifatini ko‘tarish, takomillashtirish masalalariga, huquqiy-me’yoriy, ilmiy-metodik zaminini yaratishga qaratilgan qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. So‘nggi yillarda mazkur sohada erishilayotgan ijobiy o‘zgarishlar psixologlar, pedagoglar hamda turli soha vakillarining yangi yo‘nalishlardagi hamkorlik faoliyati bilan chambarchas bog‘liq. Autizm sindromiga chalingan bolalar jamiyat tuzilmasida muqim o‘rnashib ulgurganligi bois qisman rasmiylashgan ijtimoiy holat sanaladi.
Alohida ehtiyojlilik ijtimoiy institut sifatida jamiyatda ijtimoiy-psixologik, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy-psixologik moslashuv, tibbiy ekspertiza va hokazo kabi butun bir ijtimoiy tizimga mushtarak faoliyatini, ya’ni ijtimoiy sheriklikni talab etadi.
This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.
Copyright (c) 2023 axmudova Madinaxon Sobirxonovna, Raxmonalieva Muzayyanaxon